

Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan. Mazkur o'rtoqlik o'yiniga chiptalar bugun, 2 iyundan “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga chiqdi. Chiptalar narxi quyidagicha belgilandi.
Oddiy sektorlar – 20 ming so'm;
CIP sektorlar – 60 ming so'm.
Eslatib o'tamiz, Tailandga qarshi o'yin O'zbekiston terma jamoasi uchun Eron bilan JCH–2018 saralash o'yinida tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Eron – O'zbekiston o'yini 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo'lib o'tadi.



