O'zbekiston o'smirlari Ozarbayjonga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2022, 13:43
2023 yili Bahraynda bo'lib o'tadigan U-17 Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 20 iyuldan navbatdagi yig'inga kirishadi.

Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlarining Toshkentdagi mashg'ulotlari 24 iyulga qadar davom etadi.

Shundan keyin jamoa Ozarbayjon U-17 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Boku shahriga jo'nab ketadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. O'yinlar 26 va 29 iyul kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

26 iyul

Ozarbayjon - O'zbekiston

29 iyul

Ozarbayjon - O'zbekiston

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати