O'zbekiston kubogi: Dinamo - Bunyodkor o'yini sanasi ma'lum

Narzulla Saydullayev
25 sen 2017, 21:08
O'zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvi doirasidagi Dinamo - Bunyodkor uchrashuvi sanasi ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston Professional Ligasi Samarqandda o'tadigan O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi Dinamo - Bunyodkor o'yini sanasini 6 oktyabr kuni deb e'lon qildi. Ushbu FIFA kunlarida terma jamoamiz o'yini yo'qligi bois, kubok uchrashuvi o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Toshkentda o'tgan dastlabki uchrashuvda Dinamo safarda Bunyodkor bilan 0:0 hisobidagi durang natijani qayd etgan edi. Ushbu juftlik g'olibi finalda Lokomtiv/Nasaf o'yini g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Final o'yini neytral maydonda bo'lib, 2 dekabr sanasida o'tkazilishi e'lon qilingan.

O'zbekiston Kubogi. Yarim final.

Javob uchrashuvi.

6 oktyabr (juma)

Dinamo – Bunyodkor

Dinamo stadioni, Samarqand shahri.

Dastlabki uchrashuv: 0:0.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz