O'zbekiston kubogi. Bugun yarim finalning dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi

Khoja
12 may 2025
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston kubogining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Bahslar Toshkentdagi “Yunusobod“ sport majmuasida bo'lib o'tadi. Yarim final bahslari ikkitadan uchrashuvdan iborat bo'ladi. G'olib jamoa finalga yo'llanma oladi. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra kuchlar teng kelsa, yani tomonlar bittadan g'alabaga erishsa va to'plar nisbatida ham tenglik kuzatilsa yoki har ikkala o'yinda durang natija qayd etilsa, ikkinchi uchrashuvdan keyin darhol penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

12-may (dushanba)

15:00 BMB – OKMK

17:00 “Oil Star“ – SQB


KhojaMuallif
Manba: @Futsal_Uzbekistan