O'zbekiston Futbol Federatsiyasi 10 kun ichida yangi rejalar haqida axborot beradi

Tolibjon Qosimov
14 sen 2017, 17:52
O'FF bo'lajak ish rejasi haqida qachon ma'lumot berilishini e'lon qildi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi rahbariyati bolalar-o'smirlar va ommaviy futbolni yanada rivojlantirish, milliy terma jamoalarning faoliyatini tubdan isloh qilish, futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati saviyasini ko'tarish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xalq va ishqibozlar bilan muloqot ko'priklarini yanada ko'paytirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilayapti.

Shu asosda federatsiyaning bo'linmalarini qayta ko'rib chiqish va mamuriy apparatga etuk mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi ushbu xabar e'lon qilinganidan 10 kun o'tib, mamlakat futbolini rivojlantirish yo'lidagi 2018–2022 yillarga mo'ljallangan islohotlar rejasi, O'zbekiston futbolini yanada rivojlantirish dasturi yuzasidan jamoatchilikka ma'lumot beradi.

O'xshash yangiliklar

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com