O'xshamagan hazil: Ronaldinyo Ramosning ustidan kulmoqchi edi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2021, 10:50
"Barselona" sobiq forvardi Ronaldinyo "Real"dan ketgan Serxio Ramosning ustidan hazil qilmoqchi bo'ldi.

Braziliyalik futbolchi Ramos bilan tushgan rasmini tvitterga joylab: "Salom Ramos, ushbu tun yodingdami?", deb izox yozdi.

Katta ehtimol bilan Ronaldinyo jamoasi 2005/06 yilgi mavsumda "Santyago Bernabeu"da 3:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinini nazarda tutgan. O'shanda braziliyalik dubl qayd etgandi.

Ammo u xato qildi va 2006/07 yili "Real" "Barselona"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, yakunda madridliklar chempionlikni nishonlagan mavsumdan rasm joyladi.

Ramos esa buni chetda qoldirmadi: "Yodimda. Oradan bir necha oylar o'tib, biz yanada yaxshiroq ishlar qilganmiz"







O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia