O'smirlarimiz bugun Sharjaga boradi

25 okt 2013, 13:16
BAAda o'tayotgan U-17 o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi jahon chempionatining “S” guruhidan o'rin olgan Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi o'smirlar terma jamoamiz guruh o'yinlaridagi o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajardi va nimchorak finalga yo'l oldi.
Xabaringiz bo'lsa kerak, U-17 o'smirlar terma jamoamiz guruh bahslarini Fujayra shahrida o'tkazdi. 

Endilikda yigitlarimizning manzili o'zgaradi. Shu bois bugun o'smirlar terma jamoamizning delegaciyasi BAAning Sharja shahriga yo'l oladi.

Ayni damda musobaqada bevosita ishtirok etayotgan saytimiz xodimlarining xabar berishicha U-17 o'smirlar terma jamoamiz Sharjadagi “Redison” mehmonxonasida istiqomat qiladi.   


Manba: championat.asia