Shu hafta ichida UEFA elchilari - Klarens Zeedorf bilan Kristian Karambyo "Yashil qita"ga tashrif buyurishadi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad, "One Goal" loyihasida ishtirok etishdir. Bu loyiha OFK tomonidan turli mamlakatlarda bolalar futbolini kuchaytirish maqsadida tashkil qilingan.
"Bu mening Avstraliyaga birinchi safarim bo'ladi, - deydi Zeedorf. - Osiyo Kubogiga taklif etishganidan mamnunman. Bolalar futboliga har doim e'tibor berishimiz kerak. Men "One Goal" loyihasining bir bo'lagi bo'lishdan xursandman". Eslatib o'tamiz, bu loyiha hozircha Avstraliya, Nepal, Vetnam, Mo'g'uliston, Hindiston kabi davlatlarda o'tkazib kelinmoqda.