

Nichorak final o'yinlarining birinchisi Dubaydagi "Al Maktum" stadionida bo'lib o'tadi. Unda Iordaniya va Vetnam terma jamoalari to'qnash kelishadi. Ko'pchilik mazkur bahsda Iordaniyaning imkoniyatni yuqori baholamoqda. Sababi bu jamoa Avstraliya o'rin olgan guruhda birinchi o'rinni egalladi.

Marchello Lippi boshchiligidagi Xitoy esa Al Ayn shahridagi "Xazza Bin Zayd" stadionida Tailandga qarshi o'ynaydi. Sharqiy Osiyoning ikki jamoasi o'rtasidagi bahs qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.

Nihoyat bugungi so'nggi uchrashuv Abu Dabi shahridagi "Muhammad Bin Zayd" stadionida Eron va Ummon o'rtasida kechadi. Mutaxassislar Keyrush shogirdlari osonlik bilan chorak finalga yo'l olishlarini taxmin qilishmoqda.




