
"Bundan keyin oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Men o'yindan oldin futbolchilarga aytdim: shoshilish kerak emas, gol urish uchun vaqtimiz bo'ladi. Asosiysi o'yin tizgini bizning qo'limizda bo'lishi kerak edi. Tim Keyxill yaxshi harakat qildi. Men uni doim jarima maydonchasi ichida juda xavfli deb aytib kelganman va hozir ham shu fikrdaman. Unga o'xshash futbolchilar o'yin taqdirini hal qila oladi" - deydi Ange Postekoglu.