Osiyo futboli. "Istiqlol" tez orada bosh murabbiyni iste'foga chiqaradi

Xayrulla Xoliqov
29 okt 2018, 12:16
Eron nashrlarining xabar berishicha, "Istiqlol" klubida yaqin kunlarda bosh murabbiy o'zgaradi.

Gap shundaki, germaniyalik murabbiy Uinfrid Shefer jamoani OCHL finaliga olib chiqa olmadi. Bundan tashqari, jamoa o'tgan tur Eron chempionatida "Sepaxon" bilan kechgan bahsda yutqazib qo'ydi. Natijada "Istiqlol" turnir jadvalida 6-o'ringa tushib qoldi.

Hozir klub rahbariyatini bir narsa o'ylantirmoqda: murabbiyni "Saypa"ga qarshi kechadigan Kubok o'yiniga qadar ishdan olishmi yo ozroq imkon berishmi. Eslatib o'tamiz, bu klubda hamyurtimiz Server Jeparov o'ynagan mahal "Istiqlol" ham ichki musobaqalarda, ham OCHLda yaxshi qatnashib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com