Osiyo chempionati (U-22). Iroq finalda

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2014, 19:56
Ummondagi Osiyo chempionatining (U-22) dastlabki finalchisi aniqlandi.
Iroq yoshlari Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag'lub etib finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Ikkinchi yarim finalda Iordaniya va Saudiya Arabistoni yoshlari to'qnash kelishadi. Bu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Takidlash lozimki, Iroq va Saudiya Arabistoni guruh bosqichida O'zbekistonni qoldirib ketishgandi.
Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia