
- Bunday o'yin muhitida 0:1 hisobini o'zgartirish qiyin masala edi. Bugungi o'yinda kuchli raqibga qarshi maydonga tushishimizga qaramay 1 ochko olishga muvaffaq bo'ldik. O'yin davomida shogirdlarim xarakter ko'rsatishga erishdilar. Bizda ham, raqibda ham bir qancha vaziyatlar bo'ldi. Lekin, omad kelavermadi. Bugungi o'yinda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlaymiz va keyingi bellashuvlarda yanada yaxshiroq o'ynashga intilamiz. Shu o'rinda aytib o'tishni istardimki, stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muhlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Orif Mamatkazin.
Komiljon Ikromov yozib oldi
Komiljon Ikromov yozib oldi