"Oq-tepa": Temur Hakimov olimpiya termasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2015, 11:43
Istedodli hujumchi Temur Hakimov olimpiya terma jamoasining navbatdagi yig'iniga taklif qilindi.

Viktor Jalilov murabbiyligidagi terma jamoamiz 27-28 avgust kunlari Toshkentda ikki kunlik o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi. Shundan so'ng yig'in Slovakiya davlatida davom ettiriladi. Yevropadagi yig'in 9 sentyabrda yakunlanadi.

Futbolchimiz termamizning mazkur yig'inlarida qatnashish uchun taklif qilingan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif