Temur Hakimov: "Menimcha 2 oydan keyin maydonga qaytsam kerak"

Narzulla Saydullayev
2 fev 2017, 16:53
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Temur Hakimov kuni kecha Moskvada operaciya qilindi. Hujumchi bilan bog'lanib uning ahvoli bilan qiziqdik.

- Bu jarohatni qachon olgan edingiz?
- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Dubaydagi yig'inda olgandim. Biroq og'riqlarga chidab o'ynab yurgandim.

- Nega aynan Moskvada operaciya qildirishga qaror qildingiz?

- Aslida Germaniyaga bormoqchi edim. Biroq Dilshod Rahmatullaev va Otabek Haydarov kabi futbolchilar menga Moskvani tavsiya qilishdi. Operaciyani o'tkazishda "Oq-tepa" jamoasi rahbari G'anisher Shog'ulomov hamda "Oq-tepa" jamoasi boshlig'i Vladimir Gavrilov moliyaviy tomondan yordam berishdi. Shu insonlar barcha sarf-xarajatlarni ko'tarishdi. Ularga chuqur minnatdorchiligimmi bildiraman.

- Operaciya qanday o'tdi?

- Yaxshi bo'ldi barchasi. 2 soatdan ortiqroq operaciya qilishdi. Hozir ancha yaxshiman va yurishni ham boshladim.

- Hozir ahvolingiz qanday?

- Aytganimdek barchasi yaxshi. O'zimni yaxshi his qilayapman, og'riqlar asta sekin kamaymoqda.

- Tiklanish jarayoni qancha oyni talab qiladi?

- Menimcha 2 oydan keyin umumiy guruhda shug'ullansam kerak.

- Temur Hakimov mavsumning birinchi qismini o'tkazib yuboradimi?

- Yo'q. Agar tiklanish jarayoni yaxshi kechsa dastlabki 4ta turdan so'ng maydonga tushishga tayyor bo'laman. Umid qilamanki birinchi davrada o'ynayman.

- Ayni paytda erkin agentsiz. Mavsumni qaysi klubda boshlaysiz?

- Hozircha mavsumni qaysi jamoada boshlashim noma'lum.

- Faoliyatingizni qaysi jamoada davom ettirishingizga qachon oydinlik kiritasiz?

- Toshkentga borishim bilan.

- Moskvadan qachon qaytasiz?

- Xudo xohlasa 5 fevral, yakshanba kuni Toshkentda bo'laman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia