"Oq-tepa". Ertaga "Intersokker" bilan o'ynaymiz

Aslanov Jasurbek
8 may 2017, 23:02
Toshkent shahar birinchiligida yo'qotishlarsiz borayotgan jamoamiz ertaga navbatdagi tur o'yinida maydonga tushadi.

Amalda "Intersokker" mehmoni bo'lishi lozim bo'lgan "Oq-tepa" raqib bilan o'z uyida hisob-kitob qiladi. Uchrashuv 17:00da start oladi.

Eslatib o'tamiz, "Oq-tepa" dastlabki uch turdan so'ng 100 foizlik natija qayd etib turibdi. Qolaversa, Yaroslav Krushelnickiy boshchiligidagi jamoamiz hali o'z darvozasidan to'p olib chiqqani yo'q - ROZK (5:0), "Shayxontohur" (0:2), "Vulqon" (2:0).


TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI. 4-tur

INTERSOKKER - OQ-TEPA

9 may. Toshkent. "Oq-tepa" maydoni. 17:00

Bosh hakam: Dilshod Karimov.


"Oq-tepa" FK matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia