

Mazkur raqiblar hali O'zbekiston Birinchiligi doirasida to'qnash kelishmagan. Bugungi bahs ilk o'yin sifatida tarixdan joy oladi. Aytish kerak, g'ijduvonliklar ayni vaqtda turnir jadvalining so'nggi pog'onasidan joy olib turgan bo'lsa, “Oq-tepa” uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Bellashuv 17:00da “Oq-tepa” stadionida start oladi.
O'ZBEKISTON BIRINCHILIGI – 2015
OQ-TEPA – G'IJDUVON
24 avgust. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni. 17:00
Bosh hakam: Jasur Muxtorov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Shahzod Mirjalolov (Toshkent). Ziyovuddin Erkinov (Toshkent).
Nazoratchi: Andrey Tambovcev (Toshkent).



