"Olmaliq"ning goli Alimpievich hisobiga yozildi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2014, 16:12
Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olmaliq" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Avvaliga PFL rasmiy sayti "Olmaliq" safidagi golni Sanjar Shoahmedovga yozgandi.

Bugun PFL saytida 3-tur yakunlari e'lon qilindi. Unda "Olmaliq"ning yagona goliga serbiyalik legioner Aleksandr Alimpievich mualliflik qilgani qayd etilgan.

Demak, haqiqat qaror topibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia