Olmaliqdagi yangi stadion ochilishi 15 mart kuni bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2014, 17:30
Oliy Liga-2014 1-turidan o'rin olgan uchrashuvlar tartibida o'zgarish yuz berdi.
Oliy Liga-2014 1-tur doirasida 15 mart, shanba kuni Bekobod shahrida o'tkazilishi kerak bo'lgan Metallurg (Bekobod) – Olmaliq (Olmaliq) uchrashuvi Olmaliq shahriga ko'chirildi.

Shu kuni Olmaliq shahrida yangi qurib bitkazilgan stadion ochilishi bo'lib o'tadi va unda Olmaliq – Metallurg uchrashuvi yangi stadionda o'tkazilgan ilk rasmiy uchrashuvga aylanadi.

Oliy Liga-2014 1-turidan, shuningdek, quyidagi uchrashuvlar o'rin olgan:

Oliy Liga, 1-tur uchrashuvlari
 15 mart (shanba)

 1. Buxoro (Buxoro) – Neftchi (Farg'ona)
 2. Navbahor (Namangan) – Lokomotiv (Toshkent)
 3. Nasaf (Qarshi) – Dinamo (Samarqand)
 4. Metallurg (Bekobod) – Olmaliq (Olmaliq)
 5. So'g'diyona (Jizzax) – Mashal (Muborak)
 6. Bunyodkor (Toshkent) – Qizilqum (Zarafshon)
 7. Andijon (Andijon) – Paxtakor (Toshkent)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz