Bekobodliklar uchrashuvni bekor qilishgani bois sparring raqib birinchi liga debyutanti "Obod" jamoasi bo'ldi.
Uchrashuvda darvozalarga 8 marta gol kiritildi. Debyutant elita vakiliga munosib qarshilik ko'rsatdi deyish mumkin. Birinchi taymda himoyadagi xatolardan unumli foydalangan raqib ikki to'p farqi bilan hisobda oldinga chiqib oldi. Taym yakunida Diyorjon Turopov hisobni qisqartirdi.
Ikkinchi taymda yana shu kabi holatda "Obod" futbolchilari hisobni yirik ko'rinishga keltirishdi. Shundan so'ng, jamoamiz futbolchilari "uyg'onishdi". Ketma-ket hujumlardan so'ng, Sanjar Shoahmedov, Zohir Pirimov va Zafar Polvonovlar bittadan gol urib hisobni tenglashtirishdi. Uchrashuvda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga tushdi.
"Olmaliq" (birinchi taym): Nikita Shkvirin, Sarvarbek Jo'raev, Timur Kagirov, Doniyor Usmonov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Azamat Isroilov, Doston Abdurahmonov, Sanjar To'raqulov, Suxrob Berdiev, Diyorjon Turopov, Gay Yusupov (Qadamboy Nurmetov).
"Olmaliq" (ikkinchi taym): Nikita Shkvirin (Abror Karimov), Obid Jo'raboev, Darko Stanoevich, Martin Kavdanski, Abduqahhor Hojiakbarov, Iqbol Akramov, Aleksandr Alempievich, Sanjar Shoahmedov, Zohir Pirimov, Sherzod Hakimov, Zafar Polvonov.
Bu o'yinda betobligi sabab bir qator futbolchilar ishtirok etishmadi. Ko'rikda bo'lgan ukrainalik Oleg Shandruk o'yingacha jamoani tark etgan bo'lsa, o'yindan so'ng bolgariyalik Martin Kavdanskiga ham javob berildi. Jamoa mashg'ulotlariga "Sho'rtan"dan Sanjar To'raqulov kelib qo'shildi.
Jamoa a'zolariga ikki kunlik tatil berildi. 10 fevraldan "Olmaliq" yana Toshkentda o'z mashg'ulotlarini davom ettiradi. 15 fevral kuni jamoa a'zolari Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi. 2 martgacha xorijda mashg'ulotlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.