Oliy liga-2016. "Buxoro"ning quruq seriyasi 360 daqiqaga etdi

Narzulla Saydullayev
10 apr 2016, 10:54
Kecha oliy liganing 4-turida "Buxoro" klubi safarda "Qo'qon-1912"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Shunday qilib jamoa to'rtinchi o'yinda ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Dastlabki turda Buxoroda "Olmaliq" 2:0 hisobida mag'lub etilgandi. So'ngra Toshkentda "Obod" bilan durang qayd etilgandi - 0:0. Uchinchi turda Buxoroda "Paxtakor" bilan ham 0:0 hisobida durang o'ynalgan edi.

Ma'lumot uchun, "Buxoro" bu mavsumda gol o'tkazmagan ikki jamoadan biri bo'lib turibdi. "Bunyodkor" ham dastlabki 3 turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. "Qaldirg'ochlar" 4-turni bugun G'uzorda "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazishadi.

"Buxoro" klubi 5-turni 16 aprel kuni o'z maydonida "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia