Olamsport.com: Istomin Istanbuldagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi va kunning boshqa xabarlari

Narzulla Saydullayev
28 apr 2015, 19:49
Saytimiz hamkori hisoblangan Olamsport.com saytida chiqqan eng sara xabarlar bilan tanishing.

Tayson Klichko bilan muzokara boshlashga tayyor

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) rahbariyati bergan bayonotga ko'ra, kuni kecha o'z chempionlik kamarlarini amerikalik Brayant Jenningsdan himoya qilgan ukrainalik 39 yoshli Vladimir Klichko keyingi jangini britaniyalik 26 yashar Tayson Fyuriga qarshi o'tkazishi kerak. Batafsil


Jokovich Madriddagi turnirni o'tkazib yuboradi

Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich Madriddagi tennis turnirida ishtirok etmaydigan bo'ldi. U “Rolan Garros” musobaqasiga yaxshi holatda borish uchun shunday qarorga kelgan. Batafsil



Meyvezer–Pakyao jangi 540 million dollar yig'adi

2 may kuni Las-Vegas shahrida Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasida kechadigan jang 540 million dollar yig'ishi kutilmoqda.  Batafsil


“Uilyams” 2014 yilda 60 million evro zarar ko'rdi

“Formula-1” musobaqalarida ishtirok etuvchi “Uilyams” jamoasi 2014 yil yakunlariga ko'ra, 60 million evro zarar ko'rgan. Britaniya jamoasi undan avvalgi yilda 16,6 million evro foyda topgandi. Batafsil


Og'ir atletika. Osiyo chempionatida medallar shodasi

Shu kunlarda og'ir atletika bo'yicha terma jamoamiz Iordaniya poytaxtida bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, musobaqalarning dastlabki kunidayoq, Amman shahrida O'zbekiston madhiyasi yangradi. Batafsil


Istomin Istanbuldagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan Istanbul Open turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Mavsumni omadsiz o'tkazayotgan hamyurtimiz nihoyat ushbu turnirning ilk davrasida zafar quchdi. Batafsil


Uch nafar tennischimiz Chimkent turnirining ikkinchi davrasida

Qozog'istonning Chimkent shahrida start olgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 ming AQSH dollaridan iborat “Fyuchers” turnirida ikkinchi davra ishtirokchilari ma'lum bo'ldi. Ushbu musobaqada yurtimiz tennischilari ham ishtirok etishyapti. Batafsil



Sharipova Nanningdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi

Xitoyning Nanning shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ayollar o'rtasidagi turnir davom etmoqda. Ushbu musobaqada istedodli tennischimiz Sabina Sharipova yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti. Batafsil


Terma jamoamiz chiqa olmagan JCH-2015ga qur'a tashlandi

Bugun plyaj futboli bo'yicha Portugaliyada o'tkaziladigan jahon chempionatining final bosqichiga qur'a tashlandi. Jahon chempionligi uchun 16ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishadi. Jahon chempionati 9-19 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Batafsil


Gruziya terma jamoasi shaxmat bo'yicha yangi jahon chempioni

Bugun Xitoyning Chengdu shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida jamoaviy jahon chempionati yakunlandi. Bugun o'tkazilgan so'nggi 9-partiyada Xitoyni 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Gruziya terma jamoasi 17 ochko bilan jahon chempioniga aylandi. Batafsil


Shaxmat. Xitoy erkaklar terma jamoasi jahon chempioni

Bugun Armanistonning Caxkadzor shahrida shaxmat bo'yicha erkaklar jamoalari o'rtasidagi jahon chempionati ham o'z yakuniga etdi.  Batafsil



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com