OKMK o'tgan yil 12 ta gol urgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2024, 23:26
OKMK jamoasi tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o'rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

Xurshid G'iyosov bilan klub shartnomani uzaytirdi. Shartnoma muddati 2 yilga mo'ljallangan. Xurshid G'iyosov 2025 yilgi mavsum yakuniga qadar OKMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, G'iyosov 2023 yilda barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushdi va 12 ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати