OFK U23. Eron - Xitoy uchrashuvini Tantashev boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2016, 12:39
Ertaga U23 Osiyo chempionati 3-turi doirasida Eron va Xitoy o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

"A" guruhidan o'rin olgan mazkur bahsni o'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotda hamyurtimiz Jahongir Saidov va shri lankalik Denie Xematunga yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida avstraliyalik Jeyms Bit qayd etilgan. Ma'lumot uchun, Tantashev 1-turda Tailand - Saudiya Arabistoni uchrashuvida zaxira hakami, 2-turda Tailand - Yaponiya uchrashuvida bosh hakam bo'lib faoliyat olib borgandi.


Eron - Xitoy
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Jahongir Saidov (O'zbekiston), Denie Xematunga (Shri Lanka)
Zaxira hakami: Jeyms Bit (Avstraliya)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia