Odil Ahmedov: "Meni na saytim, na tvittyerdagi sahifam bor"

Nadirkhuja Yuldashev
13 fev 2014, 12:40
odilahmedov.ru sayti ish boshlagani ko'pchilikda qiziqish uyg'otdi. Rus tilida yuritilayotgan sayt aslida O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosiga tegishli emas.
Undan tashqari "facebook", "odnoklassniki" va "twitter" ijtimoiy tarmoqlarida sahifalari ham o'ziniki emas. Bu haqda futbolchi o'quvchilarni ogohlikka chaqirdi:

- O'zim ham saytni ko'rib hayron qoldim. Sayt ochsam o'zbek tilida bo'lmaydimi? Ijtimoiy tarmoqlardan ham ro'yxatdan o'tmaganman. Faqatgina "insatgram"dan foydalanishni boshladim. Mening nomimdan ochilgan sahifalarda tarqatiladigan axborotlarga ishonmang.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia