

Futbolchi Yevropa ligasi 2-turi doirasida "Nicca"ga qarshi bellashuvda jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lgan edi. Odil Ahmedov kuni kecha tibbiy ko'rikdan o'tdi va 2 hafta davomida maydonga tusha olmasligi aniqlandi.
Shu tariqa, yarim himoyachi O'zbekiston terma jamoasiga Eron va Xitoy bilan o'yinlarda yordam bera olmaydigan bo'ldi.



