OCHL. G'arbda kurash davom etadi, Sharq bugun boshlaydi

Xayrulla Xoliqov
13 mar 2018, 12:10
Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

G'arb mintaqasida bahslar davom ettirilsa, Sharq mintaqasidagilar navbatdagi turni bugun boshlashadi. Bugungi o'yinlar orasida "Al Sadd" - "Nasaf" bellashuvi diqqat-markazimizda bo'ladi. O'yin bizning vaqt bilan 20:15da boshlanadi.

"A" guruhi
17:30. "Traktorsozi" - "Al Jazira"
22:15. "Al Ahli" - "Al Garafa"

Guruhdagi vaziyat: Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Al Jazira" bilan "Al Garafa" hisobida to'rttadan ochko bor. "Traktorsozi" esa atigi bir ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi.

"S" guruhi
20:15. "Al Sadd" - "Nasaf"
20:15. "Al Vasl" - "Persepolis"

Guruhdagi vaziyat: Guruhda juda qiziq holat yuzaga kelgan, chunki uchta jamoa hisobida 6 ochkodan bor. Bular - "Persepolis", "Al Sadd" va "Nasaf". "Al Vasl" esa 0 ochko bilan olxirgi o'rinda boryapti.

"F" guruhi
13:30. 
"Melburn Viktori" - "Kavasaki Frontale"
15:00. "Ulsan Xyunday" - "Shanxay SIPG"

Guruhdagi vaziyat: Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" 7 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Janubiy Koreyaning "Ulsan" klubi 5 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Melburn"da 2, "Kavasaki"da esa 1 ochko mavjud.

"H" guruhi
15:00. 
"Kashima Antlers" - "Sidney"
17:00. "Shanxay Shenxua" - "Suvon Samsung"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia