OCHL-2020. "Paxtakor" guruhni uyda boshlab, uyda tugatadi

Alisher
10 dek 2019, 14:12
Bugun 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi "B" guruhida "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Shabab Al Ahli" (BAA) klublari bilan birga kurashadigan bo'ldi. Yana bir jamoa nomi pley-off bahslaridan so'ng ma'lum bo'ladi. Bu guruhga qo'shilish uchun da'vogar bo'lib turgan 4ta klub: "Chennayin Siti" (Hindiston), "Al Riffa" (Bahrayn), "Shahr Xodro" (Eron) va "Al Sayliya" (Qatar).  


OCHL-2020, "B" guruhi taqvimi

1-tur, 10 fevral

"Paxtakor" - "Shabab Al Ahli" (BAA)


2-tur, 17 fevral

Pley-off III g'olibi - "Paxtakor"


3-tur, 3 mart

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - "Paxtakor"


4-tur, 6 aprel

"Paxtakor" - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 


5-tur, 21 aprel

"Shabab Al Ahli" (BAA) - "Paxtakor"


6-tur, 5 may

"Paxtakor" - Pley-off g'olibi III

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia