

OFK mazkur uchrashuvda faoliyat olib boradigan rasmiylar ro'yxatini e'lon qildi. "Arkadag'" - "Andijon" uchrashuvini singapurlik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo'ldi. Unga ko'ra, singapurlik 38 yoshli Axmad A’Qashax bin Axmad Al Badove bosh hakam sifatida ishlaydi. U 2013 yildan beri FIFA hakami sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Bosh hakam: Axmad A’Qashax bin Axmad Al Badove (Singapur)
Yordamchi hakamlar: Manoj Kalvani, Ashokraj Jivaradja (ikkalasi ham Singapur)
Zahira hakami: Leov Xong Vey (Singapur)
Nazoratchi hakam: Saad Al Fadxli (Quvayt)
Komissar: Valid Muhammad Musa Tahil Al Blushi (BAA)
Ma'lumot uchun, uchrashuv 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.



