Obod - Andijon uchrashuvi Sport TV orqali olib beriladi...mi?

Aslanov Jasurbek
16 noya 2016, 12:38
Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun oliy liganing 29-tur o'yinlariga start beriladi. Toshkentda muxlislarni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Boisi Obod va Andijon jamoalari ayni damda oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun jiddiy kurashmoqda. Jar stadionida kechadigan uchrashuvni Sport TV jonli efirga uzatadimi yo'qmi? kabilidagi savollar  ko'payib bormoqda. Bunga Andijon FK matbuot xizmati Sport TV xodimi bilan bog'langan xolda, oydinlik kiritdi. Unga ko'ra, mazkur uchrashuv teleradiokompaniyaning dasturiga kiritilmagani ma'lum bo'ldi. 

Shuni aytish mumkinki, ayni damda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv hakamlari stadionga yetib keldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia