Obameyangning yuragida muammolar bor. Shu sababli u Ganaga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2022, 08:56
Bu haqida Gabon futbol federatsiyasi ma'lum qildi.

Yaqinda koronavirusdan tuzalgan Per-Emerik Obameyang, Mario Lemina va Aksel Meye Afrika futbol konfederatsiyasi qaroriga ko'ra maydonga tushmadi. 

Tibbiy tekshiruvlar yuqoridagi futbolchilarning yuragida koronavirusdan keyin muammolar borligini ko'rsatgan. 

Obameyang Afrika kubogiga kelganida koronavirusga musbat test topshirgandi. Bungacha "Arsenal" hujumchisi Dubaydagi kechalardan birida ko'zga tashlangandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Sun