OAV: "Kurtua "Real" jamoasida ekanligidan mamnun"

25 apr 2019, 21:11
"Real Madrid" posboni Tibo Kurtua ushbu klubda ekanidan xursand.

Bu haqda ESPN nashri ma'lumot berdi. Avvalroq, Kurtua Zinedin Zidan kelganidan so'ng "Real"dan ketishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Boisi, Zidan ko'proq Keylor Navasga imkon berishi aytilgan.

Ammo, ESPN ma'lumotiga asosan Kurtua hozircha hech qanday bosimni sezmayapti va "Real" uni mavsum yakunlanganidan so'ng sotib yuborish uchun shartnoma imzolaganiga ishonmayapti. Hech kim belgiyalik darvozabonning sotib yuborilishi haqida ma'lumot bermagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN