"Nyukasl" Moyes va Benitesga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
14 sen 2014
Angliyaning "Nyukasl" klub rahbariyati Alan Pardyuning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiyni qidirishni boshlab yubordi.
Asosiy nomzodlar orasida MYU sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes va "Napoli" ustozi Rafael Benites tilga olinmoqda. Shotlandiyalik murabbiy hozir ishsiz yuribdi. Benites esa Italiya klubi bilan shartnomasini uzaytirmasa Angliyaga qaytishi mumkin.

Benites hozircha yakuniy qarorni qabul qilmagan. Lekin o'z oilasi Angliyada yashayotgani uchun bu erga qaytishga qarshi emasligini aytgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru