

"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu va "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta "Nyukasl"ga tayinlanishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida yetakchi.
Bugun, 59 yoshli ispaniyalik mutaxassis klub bilan rasman xayrlashdi.
Mourinyu 2018 yil dekabrda "MYU"dan iste'foga chiqarilgan edi. "Qizil iblislar" uning qo'l ostida Yevropa Ligasi (16/17), Angliya Superkubogi (2016) va Liga Kubogi (16/17) da g'olib chiqqan.
Arteta esa 2016 yildan buyon "Manchester Siti" murabbiylar shtabida ishlab kelmoqda.





