Nunu "Tottenxem" ustoziga aylanishga yaqin

Alisher
30 iyun 2021, 11:04
"Vulverxempton" sobiq bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylanishga yaqin.

Londonliklar sport direktori Fabio Paratichi tez orada murabbiyning vakillari bilan muzokaralar o'tkazish uchun Londonda uchrashadi.

Portugaliyalikning so'nggi klubi "Vulverxempton" bo'lgandi va u "bo'rilar"ni 4 yil boshqardi.

Eslatib o'tamiz, Nunu bunga qadar "Riu Ave", "Valensiya" va "Portu" jamoalarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio