Noma'lum shaxslar Rakitich oilasi bilan dam olayotgan villaga hujum qilishdi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2016, 18:32
6 noma'lum shaxs "Barselona" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich oilasi bilan dam olayotgan villaga hujum qilishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xorvatlar Evro-2016ni tark etganidan so'ng Rakitich vataniga qaytib, Uglyan orolidagi villani ijaraga oldi va oilasi bilan dam olishni rejalashtirdi. Juma kuni kechasi 6 noma'lum shaxs o'sha orolga kelib, tezda Rakitich villasiga hujum qilishdi. Hujum paytida futbolchining oilasi uy ichida edi. Bezorilar toshlar bilan barcha deraza va eshiklarni sindirishdi va tezda qochib ketishdi. Taxminlarga ko'ra, hujum qilganlarning bir nafari uyga kirib olgan bo'lishi mumkin. Voqeadan xabar topgan Rakitich oilasini tezda oroldan olib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: dnevnik.hr