Nodir Yo'ldoshev: "Juda qiyin va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik"

Sherzod Nurmatov
26 may 2022, 21:57
Pro liga 10-turi doirasida "G'ijduvon" – "Yangier-Quruvchi" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar safida yagona gol muallifi Nodir Yo'ldoshev fikrlariga quloq tutdik.

- Bugungi o'yindan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Mazkur uchrashuv qiyin bo'lishini bilardik. Shunga yarasha jamoadoshlarimiz bilan birgalikda mehnat qildik. Xudoga shukrki, qiyin va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Ayni vaqtda jamoamizda kayfiyat yuqori, negaki, turdan-turga turnir jadvalida ko'tarilib bormoqdamiz. 

- Jamoaning hujum chizig'ida muammolar borligi sababli sizni ushbu poziciyada sinab ko'rishmoqda. Bu qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Chindan ham jamoamiz hujumchilari jarohat sababli bizga yordam bera olishmayapti. Men ushbu poziciyada ularning yo'qligini bildirmaslik uchun qo'limdan kelgancha harakat qilmoqdaman. Albatta, qiyinchiliklari bo'lmoqda, lekin jamoadoshlarimning yordami sababli buning uddasidan chiqyapman.

- "Zomin" bilan o'yinda ham g'alaba golini urgandingiz. Mavsum davomida nechta to'p kiritishni maqsad qilgansiz?

- Albatta, hujumchi borki, gol urishni istaydi. Mavsum davomida nechta gol urishim muhim emas. Asosiysi, jamoamiz g'alabali seriyasini davom ettirsa bo'ldi. Muhimi, shu.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia