Nikola Kalinich Italiya klubiga o'tishi mumkin

Alisher
15 avg 2019, 16:28
"Atletiko" hujumchisi "matraschilar" tarkibida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Kalinichga qiziqayotganlar orasida "Bolonya", "Sampdoriya", "Atalanta" va "Fiorentina" klublari bor.

Forvard "Atletiko"dan tashqari "Xayduk", "Pula", "Shibenik", "Blekbern Rovers", "Dnepr", "Fiorentina" va "Milan" klublarida o'ynagan.

U 2008 yildan buyon Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Xorvatiyalik o'yinchi yakunlangan mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia