

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar shanba kuni terma jamoaning mashg'ulotlar markaziga qaytishi mumkin, deb xabar berdi UOL.
Neymar braziliyaliklarning JCH-2022 doirasidagi Serbiya termasi bilan birinchi uchrashuvida (2:0) o'ng to'pig'idan jarohat olgandi.
Nashrning yozishicha, hammasi shu yo'sinda davom etsa, Neymar 1/8 final uchrashuvida zaxira o'rindig'ida o'tiradi. U mundialning ehtimoliy chorak finalida maydonga tushish imkoniyatiga ega.


