Neymar PSJda 5 million evro miqdoridagi mukofotdan mahrum bo'ldi

Alisher
2 avg 2019
PSJ hujumchisi Neymar klub tomonidan berilishi mumkin bo'lgan 5 million evro miqdoridagi mukofotdan mahrum bo'ldi.

Xabarlarga ko'ra, futbolchining shartnomasida quyidagi bandlar ham kiritilgan:

- FIFA talqini bo'yicha "yilning eng yaxshi o'yinchisi" nomi uchun nomzodlar orasida bo'lsa 3 million evro;

- Yaxshi xulqi uchun 2 million evro;

Neymar nafaqat eng yaxshilar ro'yxatiga kira olmadi, balki mashg'ulotlarda kechikkanligi bilan e'tibor qozondi.

Shunday ekan, o'yinchi 5 million evro miqdoridagi pul ishlash imkoniyatidan mahrum bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: UOL