

"Menimcha, PSJ loyihasi aynan Kilianga kerak bo'lgan narsa, bu uning faoliyati uchun to'g'ri qaror hisoblanadi. Mbappe bu yerda yana bir necha yil o'tkazadi, o'z mamlakatida, o'z shahri jamoasida Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga harakat qiladi. Menimcha, u to'g'ri tanlov qildi", - dedi 30 yoshli braziliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe "Real"ga o'tish o'rniga PSJ bilan shartnomani 3 yilga uzaytirishga qaror qildi.
23 yoshli fransiyalik hujumchi parijliklar safida 217 ta o'yinda 171 ta gol urgan.


