

"Jarohat meni juda qo'rqitdi, chunki hammasi yaxshi kechayotgandi, mavsumni yaxshi o'tkazdim. Bunday jarohatni orttirib olish juda yoqimsiz edi. Shundan keyin tun bo'yi yig'lab chiqdim, buni oilam biladi. Lekin hammasi ortda qoldi.
Endi oldingi chempionatlardagidan uzoqroqqa borishga harakat qilishimiz kerak. Biz kubokni yutmoqchimiz, lekin asta-sekin oldinga intilishimiz kerak. Bu bizning to'rtinchi o'yinimiz edi, oldinda yana uchta o'yin bor. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va sovrin haqida o'ylayapmiz", – dedi Neymar.
Braziliyaning chorak finaldagi raqibi Xorvatiya bo'ladi. Bahs 9 dekabrga belgilangan.



