Nevill: "MYU mavsumni kuchli beshlikda yakunlamaydi"

Aslanov Jasurbek
9 okt 2023, 19:15
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill "qizil iblislar"ning joriy mavsumdagi natijasi muvaffaqiyatsiz bo'ladi deb hisoblaydi.

8 turdan so'ng MYU APL jadvalidagi yetakchilardan 8 ochkoga ortda qolib, 10-o'rinni egallab turibdi.

"Manchester Yunayted" mavsumni birinchi beshlikda yakunlaydi deb o'ylamayman. Bundan hayratdaman, chunki 6-7 hafta avval ular jadvalda uchinchi edi, ammo hozirgi vaziyatni ko'rib shuni ayta olaman - darvozabon hali jamoaga moslashgani yo'q, u "Brentford"ga qarshi bahsda to'pni qaytarishi kerak edi.

Agar posboningiz jamoaga ko'nikmasa va bundan beqarorlik yuzaga kelsa, bu jiddiy muammolarga olib keladi. Men o'ynagan paytlarda ham "Yunayted"da shunday bo'lgan" - deydi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal