Nevill "Manchester Yunayted"ga mos murabbiyni aytdi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2023
Ammo bu noreal variant.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill "Manchester Yunayted"ga to'g'ri keladigan murabbiyni aniqladi.

"Klopp Gvardiolanikidan ancha kichikroq byudjet bilan ishlamoqda. Pep – daho va u abadiy esda qoladiganlardan biri bo'ladi. Ammo Yurgen Klopp ajoyib murabbiy.

Ertaga "Manchester Yunayted"ga murabbiy olib keling deyishganda, men Kloppni tanlagan bo'lardim. Ammo "Liverpul" uning kyetishiga hech qachon ruxsat bermasa kerak", – dedi angliyalik ekspert.

Avvalroq Nevil "orzular teatri" "hech narsa teatri"ga aylanganini takidlagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football365