Neymar: “Qaysi poziciyada o'ynashimning ahamiti yo'q, jamoaga yordamim tegsa bo'lgani”

12 dek 2013, 12:03
Chempionlar ligasi doirasida “Seltik”ka qarshi o'yinda xet-trik muallifiga aylangan “Barselona” klubi hujumchisi Neymar (6:1), o'yindagi tasurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu mening Chempionlar ligasidagi birinchi xet-trikim va men bundan juda xursandman.

Qaysi poziciyada o'ynashimning ahamiyati yo'q, jamoaga yordamim tegsa bo'lgani.

Ikkita mag'lubiyatdan so'ng erishilgan ushbu g'alaba, Ispaniya chempionatida yaxshi o'ynashimizga yordam beradi deb umid qilaman”, - deydi braziliyalik futbolchi.


Manba: sports.ru