
Ushbu bahslarda futbolchilar yuziga qizil bo'yoq surib maydonga tushishdi. Nega?

A Seriya shu yo'l bilan #unrossoallaviolenza xeshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarda start olgan akciyada ishtirok etishdi. Italiya chempionati yulduzlari ayollarga qarshi zo'ravonlikka o'ziga hos "qizil kartochka" ko'rsatishdi.

Italiya futbolchilari assotsiatsiyasi WeWorld Onlus tashkiloti bilan hamkorlikda odamlarning e'tiborini jamiyatdagi jiddiy muammoga qaratishga urindi.

Statistikaga ko'ra, Italiyada har uchinchi ayol hayotida zo'ravonlikka duch kelar ekan. Ayollarga qarshi jismoniy agressiyaning 80%i oilalarda sodir bo'ladi.
