"Neftchi" Turkiyadagi so'nggi nazorat uchrashuvida durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2024, 19:06
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Farg'onaning "Neftchi" klubi Turkiyadagi yig'in doirasida oxirgi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Qozog'istonning "Atirau" jamoasiga qarshi bahsda vodiyliklar murosa ko'chasini tanladi - 1:1. "Neftchi" saifdagi yagona golga klubning yangi a'zosi Husayn Norchaev mualliflik qildi. Shuningdek, ikkinchi bo'limda Jasur Jaloliddinov maydondan chetlatildi.

"NEFTCHI" 1-1 "ATIRAU" 

22 fevral soat 17:00

Antaliya, Turkiya.

Gollar: Husayn Norchaev, 52 - 1:0, Nikolay Signevich, 90 - 1:1.

"Neftchi": 12.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo'raboev, 20.Anvar G'ofurov, 4.Boyan Ciger, 5.Mirzoxid G'ofurov (s), 70.Abbos G'ulomov, 11.Javoxir Qaxramonov, 26.Keterin Karp, 7.Jasur Jaloliddinov, 9.Mixay Roman, 40.Husayn Norchaev

Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko

Chetlatish: Jasur Jaloliddinov 54'.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати