"Neftchi": “Olmaliq”qa qarshi tayyorgarlik 7 maydan boshlanadi

5 may 2014, 14:38
Oliy liganing 7-turida “Metallurg” qarshi kechgan o'yindan so'ng murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa muddatli dam berishga qaror qildi.

 Navbatdagi uchrashuv 16 may kuni Farg'onada “Olmaliq”qa qarshi kechadi. Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik 7 maydan boshlanadi. Shu kuni futbolchilar jamoa qarorgohiga yetib keladi va mashg'ulotlarga kirishiladi.

Qolaversa shuni qo'shimcha qilish kerakki, hozircha hech bir futbolchi jamoani rasman tark etmagan. 


Manba: fcneftchi.uz