Ndombele Mourinyu tufayli "Tottenxem"dan ketmoqchi

Alisher
25 iyul 2020, 13:04
Francuz murabbiy bilan til topisha olmayapti.

"Tottenxem" xavbeki Tangi Ndombele yozda klubdan ketishi mumkin. Fransiyalik futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan kelisha olmayapti va shu sabab ketish harakatini qilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "shporlar" Ndombele bilan 50 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Telefoot