Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" - "Dinamo" 3:3 yoxud Sharofutdinovdan xet-trik

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2018, 15:02
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Dinamo jamoasi 23 yanvar, seshanba kuni Navoiyda Qizilqumga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

O'yin maqomi nazorat bahsi bo'lishiga qaramay, Navoiy va Samarqand klublari shiddatli va hujumkor futbol namoyish etishdi. Dastlab 6-daqiqada hisobni Dinamo yarim himoyachisi Komil Sharofutdinov ochgan bo'lsa, 9-daqiqada Doniyor Usmonov muvozanatni tikladi, 1:1.

33-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Fayzulla Qambarov boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni 2:1 ko'rinishga keltirgan bo'lsa, taym yakunida yana Komil Sharofutdinov o'z goli bilan hisobni tenglashtirdi - 2:2.

Ikkinchi bo'limning 49-daqiqasida jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajargan Artur Gevorkyan hisobni 3:2ga keltirgan bo'lsa, 54-daqiqada yana o'sha Komil Sharofutdinov Dinamoning hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, o'z xet-trikini nishonladi, 3:3.

Tomoshabop o'tgan uchrashuv yakuniga qadar har ikki jamoa murabbiylari ham qator o'zgarishlarga qo'l urishgan bo'lishsada, yakuniy hisob 3:3 o'zgarmay qoldi.



O'rtoqlik uchrashuvi.

Navoiy. 23 yanvar (seshanba)

QIZILQUM - DINAMO - 3:3 (2:2)

Bosh hakam:
Zokir Qodirov (Navoiy)

Gollar: Doniyor Usmonov (9), Fayzulla Qambarov (33), Artur Gevorkyan (49) - Komil Sharofiddinov (6, 45, 54).

Qizilqum: Evgeniy Cheremisin, Elgir Grigalashvili, Georgi Kvesieshvili, Akmal Rustamov, Sherali Jo'raev, Alisher Sanoev, Erkin Boydullaev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Doniyor Usmonov, Nemanya Yovanovich.

Dinamo: Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Bunyod Isroilov, Timur Fayzullaev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Jasur Qurbonov, Ilhom Yunusov, Komil Sharofutdinov, Amirjon Safarov.

Dinamo jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqandda davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz